Маҳмуджон Ғозиевич Тожибоев

Xalqaro tiklanish
va taraqqiyot banki
ko'magi bilan

Adabiy qidiruv

Asarlar bo‘yicha adabiy qidiruv - tanlangan harfdan boshlangan barcha asarlarni namoyish qilish imkonini beradi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori, O‘zbekiston xalq hofizi, o‘zbek maqom san'ati ustasi, xalq ardog‘idagi ustoz san'atkor Mahmudjon Tojiboyev 63 yoshida olamdan o‘tdi.

Mahmudjon G‘oziyevich Tojiboyev 1957 yil 25 noyabrda Farg‘ona viloyatining Quva tumanida tug‘ilgan. Nozik didli, dardli, keng diapazonli ovoz sohibi. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1984).

Qo‘shiq aytishni dastlab E.Mamatov, G‘.Hojiqulovdan, keyinchalik xrfizlik an'analarini O.Otaxonov, O. Alimahsumov, O.Hotamov va F.Mamadaliyevdan o‘zlashtirgan, sozandalik sirlarini T.Alimatovdan o‘rgangan.

Xonanda va sozanda. O‘zbekiston xalq hofizi (2000). Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli yakkaxoni (1984 yildan), O‘zbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti (2000) bo‘lgan.

Repertuaridan Shashmaqom (“Saraxbori Navo”, “Saraxbori Dugoh”, “Mo‘g‘ulchai Segoh”, “Navro‘zi Sabo”, “Nimcho‘poniy” va b.) va Farg‘ona—Toshkent maqom yo‘llari (“Dugoh”, “Chorgoh”, “Ushshoq”, “Shahnozi Gulyor”, “Bayot» va b.), katta ashula (“Yovvoyi Chorgoh”, “Yolg‘iz”, “Ey dilbari jononim” kabi), mumtoz (“Topmadim”, “Asiriy” va “Ldoiy”, “Chorzarb”, “Bozurgoniy”) va 20-a. bastakorlari (“Keldik”, “Nazzora qil”, K. Jabborov; “Kezarman”, F. Toshmatov; “Jonim erursan”, M. Murtazoyev; “Dilrabolar”, O. Nuriddinov; “Bu oqshom”, O. Hotamov va b.) asarlari o‘rin olgan.

Osiyo, Amerika, Yevropa va Shim. Afrika mamlakatlarida gastrodda bo‘lgan. Yunus Rajabiy nomidagi Respublika makom ijrochilari tanlovi g‘olibi (1987).

  Yangiliklar